Erkin Boydullaev 3 million, "Labsa"ning ikki murabbiyi jami 10 million so'm jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2018
Tartib-intizom Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Superliga

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” klubi futbolchisi E. Boydullaev 1ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 3 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

PRO-Liga

“Mashal” – “Sho'rtan” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Mashal” klubi futbolchisi V. Shodiev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Sherdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Labsa” klubi futbolchisi J. Shodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” jamoasi bosh direktori SH. Jo'raev 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, SH. Jo'raevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko'rilishi belgilab qo'yildi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida hakamlar shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi.  Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko'rilishi belgilab qo'yildi.

Futzal

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so'zlar bilan haqorat qilgan “Navbahor” jamoasi a'zosi I. Jo'raev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvida raqib jamoa o'yinchisi I. Jo'raevning yuziga tarsaki tushirgan “Qo'qon-1912” jamoasi a'zosi A. Ziyaev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

Ayollar futboli


“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi M.  Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz