Ten Hag: "Maunt tarkibdan joy olish uchun kurashishi kerak"

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag yarim himoyachi Meyson Maunt nima uchun ko'p o'ynamayotganini tushuntirdi.

"U mavsum boshida jarohat oldi. Bu uning moslashuv jarayonini to'xtatgan katta muvaffaqiyatsizlik edi. Endi u tarkibdan joy olish uchun kurashishi kerak. Hozir undan yaxshi o'yin ko'rsatadigan boshqa futbolchilar bor", – dedi mutaxassis.

Maunt o'tgan yozda 64 million evro evaziga "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. 24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum bir o'yinda o'rtacha 1 taym o'ynamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano