Erik Bayi: “Rossiya termasi faqat poytaxt jamoalari vakillaridan iborat emas”

Aslanov Jasurbek
24 mar 2017, 00:01
Kot-d’Ivuar terma jamoasi himoyachisi Erik Bayi Rossiya termasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

-Rossiya terma jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, bu jamoada faqat poytaxt klublari futbolchilar to'p tepmaydi. Biz bahga munosib hozirlik ko'ramiz. O'ylaymanki, ertaga hammasi joyida bo'ladi.

-Siz qachondir terma jamoada Dide Drogba singari yetakchilikni qo'lga olishga tayyormisiz?

-Meni yetakchi hisoblaganingiz uchun minnatdorman. Ammo buning uchun ko'p mehnati qilish va bu nomga munosib bo'lishga intilish lozim. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, biz o'yinda nimalarga qodirligimizni, asosan himoya chizig'ida, ko'rsata olishimiz lozim. Dunyoning eng yaxshi terma jamoalaridan biri ekanligimizni isbotlamoqchimiz, -deydi Bayi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Спорт-Экспресс»