Enrike – Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzod

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023
CFB uning faoliyati va yosh o'yinchilarni taklif qilish xislatini qadrlaydi.

Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) bugundan JCH-2022dan so'ng milliy terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan Titening o'rniga o'rinbosar topish ishlarini boshlaydi.

Enrike bu lavozimga asosiy nomzod sanaladi. Uning tayinlanish varianti Joze Mourinyu yoki Karlo Anchelottini taklif etashga qaraganda ustuvorroq va amalga oshirish osonroq.

CBF prezidenti ushbu lavozimga dastlab Pep Gvardiolani munosib ko'rgan, ammo ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"ni tark etmoqchi emas.

Enrikening nomzodi uning Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"dagi faoliyati tufayli konfederatsiyada yuqori baholanmoqda. Shuningdek, CBF'ga murabbiyning yosh o'yinchilarni jalb etish tashabbusi maqul kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport