Endrik uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi

Alisher Ostonov
12 noya 2025, 20:36
"Manchester Yunayted" 19 yoshli braziliyalik o'yinchi Endrik bilan ijara shartnomasi tuzishga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi "Real" tarkibida o'yin amaliyotiga ega emas, shu bois jahon chempionati oldidan o'ziga yangi klub qidirmoqda.

Mankunianliklarning hujumchiga qiziqishi sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshkoning jarohati bilan bog'liq. Hujumchi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi. Jarohatning og'ir-engilligi hozircha ma'lum emas, ammo Sheshko uzoq muddatga safdan chiqsa, Amorim hujumni kuchaytirishi kerak bo'ladi.

Avvalroq, Endrikni Fransiyaning "Lion" klubi bilan bog'lashgandi. Braziliyalik hujumchiga Liga 1 klubi asosiy da'vogar sifatida ko'rilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: goal.com