Endi PES o'yinida Chempionlar ligasi bo'lmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 apr 2018
ProEvolutionSoccer (PES) virtual futbol o'yinining muxlislari juda ko'p.

Ma'lumotlarga ko'ra, PES hamda UEFA o'rtasidagi bir necha yillik shartnoma yakuniga etgan. Endi PES virtual futbol o'yinida Chempionlar ligasi musobaqasi bo'lmasligi mumkin. FIFA o'yinini ishlab chiqaruvchi EA Sports kompaniyasi Chempionlar ligasi huquqini sotib olish uchun UEFA bilan muzokara o'tkazmoqda. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, FIFA19 o'yinida ushbu musobaqa paydo bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football