Enco Mareska: "Menga Chempionlar Ligasiga chiqish vazifasi qo'yilmagan. Shunchaki to'g'ri yo'nalishdaligimizni sezsak etarli – bu yaxshi maqsad"

Omonjon To`xtamirzayev
17 avg 2024
Enco Mareska rahbariyat jamoaga yangi mavsumda YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini qo'ymaganini ma'lum qildi.

O'tgan mavsum 6-pog'onani band etgan "Chelsi" bu mavsum Konferenciyalar ligasi saralashida o'ynaydi. 

– Klubdagi hech kim mendan bu mavsum yakunida Chempionlar Ligasiga chiqishni so'ramadi.

Hech kim biz nima qilib bo'lsa ham TOP-4da bo'lishimiz kerakligini so'ramadi. Menga, kurashish kerakligini va sekin-asta oldinga qadam tashlash kerakligini takidlashdi.

– Joriy mavsum uchun rahbariyat konkret vazifa qo'ydimi?
– Shunchaki to'g'ri yo'nalishdaligimizni sezsak etarli.

Buning o'zi ham yaxshi maqsad. Klub rahbari, sport direktorlari, murabbiy va futbolchilarda bir xil maqsad bo'lsa shunchaki ajoyib", – dedi "Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail