"Empoli"ning bir necha futbolchisi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
27 okt 2020
"Empoli" matbuot xizmati futbolchilarning bir necha nafari koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

"Empoli" ertaga Italiya Kubogi doirasida "Benevento"ga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Biroq futbolchilarning katta qismi kasallangan. Hozirda uchrashuvning o'tkazilishi borasida rasmiy ma'lumotlar berilmagan.

"Empoli" B Seriyaning 5 o'yinidan keyin 13 ochko to'plagan holda 1-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal