Emerson Sarrini tanqid qilayotganlarga: "Natijani ko'rdingizmi? Sizlarga yana nima kerak?"

Aslanov Jasurbek
30 may 2019
"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Emerson Palmieri dos Santos Mauricio Sarrini himoya qildi.

"Natijani ko'rdingiz-ku, to'g'rimi? Joriy mavsum nimaga erishganimizni bilasizmi? Bu oson bo'lgani yo'q, lekin APLda uchinchi o'rinni egalladik. Kubok finaliga ham chiqdik va Yevropa ligasida g'alaba qozondik. Sizlarga yana nima kerak", - deya Sarrini tanqid qilayotganlarga keskin javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, Sarri "Chelsi"ni EL g'olibiga aylantirish orqali murabbiylik faoliyatidagi dastlabki sovrinini qo'lga kiritdi va 20 yil ichida Yevropa ligasini yutgan birinchi italiyalik mutaxassis bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.sky.it