Emerining sobiq qiz o'rtog'i: "U "Arsenal"dan ketishida meni aybladi"

Alisher
13 apr 2020
Unai Emerining sobiq qiz o'rtog'i Sasha Rayt mutaxassisning "Arsenal"dan ketishida Emeri uni ayblagani haqida gapirdi.

"Biz ajrashgan kunimizdan "Arsenal" yutqazishni boshladi. U menga oq jodugar ekanligimni aytdi, chunki men unga ko'plab muvaffaqiyatsizliklar olib kelibman.

Unaining aytishicha, biz ajralganimizdan so'ng, u tushkunlikka tushgan. Shundan so'ng esa diqqatini bir joyga jamlay olmagan. Oxir-oqibat biz ajralganimizda, u "Arsenal"dan ketishida meni aybladi", - deydi Sasha Rayt.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2018-2019 yillar davomida "Arsenal"da ishladi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun