Emerik Laport: "Kante - Evroning ikki o'yinida eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Bu Saudiya ligasi kuchidan dalolat bermoqda"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024, 18:53
Emerik Laport Saudiya ligasi tanqidchilariga javob qaytardi.

"Kante Evro-2024ning ikki bahsida maydonga tushdi va ikkalasida ham eng yaxshi deb topildi. Bu liganing kuchidan dalolat bermoqda" - dedi himoyachi.

"Al Ittihod" sharafini himoya qilayotgan Kante Avstriya va Niderlandiyaga qarshi bahslarda eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, Laport "Al Nassr" sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Al Nassr Zone