Emeri ushbu mavsum faqatgina Arteta va Gvardioladan past natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
14 may 2023, 11:11
Unai Emeri ushbu mavsum APLda "Aston Villa"da o'rtacha 1,96 ochko yig'moqda.

Bu APLda eng kami 10ta o'yin o'tkazgan murabbiylar ichida uchinchi natija hisoblanadi.

Bu borada Pep Gvardiola ("Manchester Siti" | 2,41) yetakchi bo'lsa, ikkinchi o'rinda Mikel Arteta ("Arsenal" | 2,31) qayd etilgan.

Emeri "Aston Villa"ni 2022 yil oktyabr oyida qabul qilib olgandi. O'shanda jamoa 14-o'rinda edi. Ayni damda esa 7-o'ringacha ko'tarilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta