Emeri Monrealning ehtimoliy transferi haqida: "Hamma mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilamiz"

"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin himoyachi Nacho Monrealning jamoadan ketishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.

"U katta o'yin o'tkazdi, u haqiqiy professional. Yaqin vaqtlar ichida gaplashib olishimiz kerak. Yevropada transfer oynasi hali yopilgani yo'q. Barcha mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilamiz", – deydi Emeri.

Avvalroq, Nacho "Real Sosedad"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.  


Manba: goal.com