Emeri: "Endi hakamlar PSJni "Barselona"ga qarshi uchrashuvdagidan ko'ra ko'proq hurmat qilishadi"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018, 17:38
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri o'tgan mavsum "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvi haqidagi savolga javob berdi.

O'z uyida 4:0 hisobida g'alaba qozongan parijliklar, mehmonda 1:6 hisobida mag'lub bo'lishdi va turnirni tark etishdi.

"Bu to'qnashuvni ikki qismga bo'lish lozim. Birinchi uchrashuvda raqib ustidan ishonchli g'alabaga erishdik, "Kamp Nou"da esa xuddi shu jamoaga mag'lub bo'ldik. Bizga bog'liq bo'lmagan yana bir jihat bor edi - hakamlik.

Hakamlar top-klublarni hurmat qilishadi. Bir yil o'tib vaziyat o'zgardi. Endi top-klublar bilan bemalol kurasha olamiz, endi bizni Yevropa va butun dunyoda hurmat qilishmoqda. Bundan tashqari, hakamlar ham bizni ko'proq hurmat qila boshladi" - deydi Emeri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca