Elia xet-trikni singan barmog'i bilan nishonladi (foto)

Aslanov Jasurbek
8 avg 2016, 12:48
"Feyenoord" futbolchisi Elero Elia "Groningen"ga qarshi Gollandiya chempionati uchrashuvida o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.

Elia o'yin yakunlanganidan so'ng "Instagram"dagi sahifasiga singan qo'li aks etgan suratni joyladi.


64 daqiqada xet-trik qayd etgan futbolchi, uchinchi golini singan barmog'i bilan nishonladi va bir necha soniyadan so'ng almashtirildi.

Bahs 5:0 hisobida "Feyenoord"ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Gollandiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia