

Tezroq maydonga tushgim kelmoqda. Hammaga Elia nimalarga qodir ekanligini isbotlashga harakat qilaman. O'zimni yaxshi taraflama ko'rsatib, jamoaga yordam berishni istayman. "Sautgempton"ning ajralmas bir bo'lagi bo'lishni maqsad qilganman. So'nggi paytlarda men tomon yog'dirilgan tanqidlar xato ekanligini isbotlashim kerak. O'tgan mavsum men uchun omadli kechmadi. Jamoamiz chempionatda yorqin o'ynay olmadi, men ham o'z poziciyamda o'ynamadim. Men texnikaga asoslanib o'ynaydigan futbolchilar sirasiga kiraman. Angliya chempionati meni uslubimga mos keladi.



