Eldorbek Suyunov: “Obod”ga qarshi oson bo'lmasligini bilardik”

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016
“Nasaf” – “Obod” (1:0) uchrashuvidan keyin “Nasaf” posboni Eldorbek Suyunovni fikrlari bilan qiziqdik.

- Qiyin uchrashuvni o'tkazdik. “Obod” yaxshi jamoa ekanligini bilardik. 1-ligadan chiqib, oliy ligada yaxshi o'yin ko'rsatgan jamoalar futbol tarixida ko'p bo'lgan. “Obod”ni ham shunday jamoalar safiga qo'shsa bo'ladi. Chunki jamoa debyut mavsumdayoq kuchlilar safida munosib harakat qilishmoqda. O'zimizni o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, oldimizda muhim o'yin bois jamoamiz a'zolari biroz ehtiyotkor harakat qilishdi. Biz uchun bu o'yinda yirik natija emas, balki g'alaba muhim edi, - deydi Suyunov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia