

"Neftchi" klubi tajribali darvozabon Eldorbek Suyunovni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Farg'onaliklar 33 yoshli darvozabon bilan ikki yillik shartnoma imzolashdi.
Ma'lumot uchun, Suyunov o'tgan mavsumni "Navbahor" safida o'tkazib, Superliga bronza medalini qo'lga kiritgandi.



