

Ushbu o'yinni "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov asosiy tarkibda boshladi.
E'tiborlisi, Suyunov ushbu mavsumda ilk marotaba rasmiy o'yinda maydonga tushdi. U jarohat sabab bir muddat maydonda harakat qila olmagandi.
Yana bir qiziq fakt, "Nasaf" safida faoliyat olib borayotgan uning tug'ishgan ukasi Shahzodbek Suyunov bugun ilk bor Superliga o'yini uchun qaydnomaga kiritildi.



