Eldorbek Suyunov: "Mavsum oxirigacha shunday yaxshi holatda bo'lishimiz shart"

Narzulla Saydullayev
2 okt 2018
"Paxtakor" darvozaboni "Metallurg" bilan Bekoboddagi uchrashuv arafasida bo'lajak o'yin xususida fikrlarini bildirdi.

- "Metallurg" jamoasi bilan o'yinga tayyorgarlik odatiy reja asosida olib borildi. Bo'lajak raqibimiz yaxshi saviyadagi jamoa. Ular bejizga kuchli oltilikdan o'rin olishmagan.

Hozirgi paytda jamoamiz yaxshi holatga kirib oldi. Biz bu ruhni va jismoniy holatimizni mavsum oxirigacha ushlab turishimiz kerak. Chunki oldimizga jiddiy maqsadlar qo'yilgan. Bu maqsadlar yo'lida kamida mavsum yakunigacha shu holatda bo'lishimiz shart.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz