"El-Klassiko". "Real" Barselonaga 22 futbolchi bilan keldi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2018, 00:47
"Real" delegaciyasi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 10-tur uchrashuvida ishtirok etish uchun Barselona shahriga yetib keldi.

"Qirollik klubi" bergan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa "El-Klassiko" qaydnomasiga 22 futbolchini kiritgan.

"Real" qaydnomasi

Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Kurtua.

Himoyachilar: Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Reguilon.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kasemiro, Valverde, Lorente, Asensio, Isko, Sebalos.

Hujumchilar: Mariano, Benzema, Beyl, Vaskes, Vinisius Junior.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com