Ekvador futbol federatsiyasi sobiq rahbari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2016, 11:10
Ekvador futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Luis Chiriboga FIFAda korrupsiya ishi bo'yicha aybdor deb topildi va 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sobiq rahbar pul o'zlashtirishda aybdor deb topildi. 18 yil davomida federatsiya rahbari bo'lgan Chiriboga o'z vazifasidan federatsiyaga tushadigan pullarni yashirishda foydalangan. Gap 6 mln. dollar haqida ketmoqda.

Tashkilot moliya direktori Ugo Mora ham 10 yilga, buxgalter Pero Vera esa 3 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Abdor deb topilganlarning advokatlari bu qaror bo'yicha apellyaciya bermoqchi. Agar qaror o'zi kuchiga kirsa 70 yoshli Chiriboga qariligi tufayli bu muddatni uy qamog'ida o'taydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters