

"Championat.asia" nashriga ma'lum bo'lishicha, "shaharliklar" himoyachi borasida rasmiy taklif jo'natgan va unda Abduqodirni 50 mln evro evaziga sotib olishga tayyorligini bildirgan. Oldinroq "Lans" futbolchisini 40 mln evro evaziga sotishga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.
O'z navbatida insayder-jurnalist Fabricio Romano hozirgina qoldirgan posti orqali Husanovning "Siti"ga o'tishi ishlari yakunlanishiga oz vaqt qolganini yozib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Husanov "Lans"ga 100 ming evro evaziga transfer qilingandi. Ushbu mavsumda 20 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 13 o'yinda maydonga tushdi.



