Efiopiya varianti o'xshamadi, endi "Navbahor", "Metallurg" va "Olmaliq" bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014
Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamiz 20-28 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Demak, bugundan terma jamoa a'zolari poytaxtda yig'ilishadi va 9 kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshlanadi. Mana shu yig'in doirasida Afrikaning Efiopiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin ma'lum bo'lishicha, efiopiyaliklar bizga rad javobini berishibdi. Ularning rejasi boshqacha ekan.

Ammo qoyil qolish kerak, Terma jamoalar markazi rad javobni eshitib shoshib qolgani yo'q, balki tezda vaziyatdan chiqib ketish choralarini izlab topdi. Xavotir olmanglar, terma jamoamiz o'rtoqlik o'yinisiz qolib kyetmaydi. Balki shu 9 kun ichida uchta nazorat bahsini o'tkazadi. Raqiblar ham anoyilardan emas: "Navbahor" (22 iyul), "Metallurg" (24 iyul) va "Olmaliq" (28 iyul).

Hozircha terma jamoamizning mazkur yig'inda ishtirok etadigan tarkibi rasman e'lon qilingani yo'q.

Norasmiy tarkib esa ancha oldin saytimizda e'lon qilingandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia