Ederson "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
22 may 2024
Braziliyalik darvozabon 2017 yildan beri klubda to'p tepmoqda, ammo u yozda jamoaga o'tishi mumkin.

"Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Ederson jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, unga Saudiya Arabistonidan qiziqish mavjud, darvozabon uchun katta miqdorda pul taklif qilinishi kutilmoqda. Bunday holatda qaror qabul qilish futbolchining o'ziga bog'liq.

30 yoshli posbon 2017 yilda "Benfika"dan "Siti"ga o'tganidan beri jami 332 o'yin o'tkazgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano