"Fenerbaxche" Edersonning transferi ustida ishlamoqda. "Man Siti" darvozabonni "Galatasaroy"ga 10 mln evroga sotmadi

Alisher Ostonov
31 avg 2025
Ederson "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin.

Turkiya klubi "Manchester Siti" darvozabonini o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda, deya xabar bermoqda Fabricio Romano. Avvalroq, "shaharliklar" 32 yoshli futbolchini 10 million evro evaziga "Galatasaroy"ga sotishdan bosh tortgan edi.

Agar braziliyalik ketsa, inglizlar PSJdan Janluiji Donnarummani o'z safiga qo'shib oladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano