Eden Azar Jahon chempionatlari rekordini o'rnatdi

Tolibjon Qosimov
7 iyul 2018
Kecha JCH-2018 chorak finali doirasida Braziliya - Belgiya (1:2) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ana shu uchrashuvda Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar Jahon chempionati rekordini o'rnatdi. "OptaJean"ning xabar berishicha, yarim himoyachi o'yin davomida 10 marotaba raqiblarni aldab o'tishga uringan va ularning barchasi muvaffaqiyatli chiqqan. 1966 yildan beri mundiallarda hech bir o'yinchi bunday natija qayd etmagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJean