

“Hammasi mukammal. Men hayotdan zavqlanaman, oilam, bolalarim bilan vaqt o'tkazaman. Men xohlagan narsamga erishdim va bu mukammal hayot.
Albatta futbol ko'raman, bolalarim futbol o'ynaydi. Men imkonim bo'lganda televizor ko'raman va boshqa narsalarni ham qilaman.
Ayni damda futbolni sog'inmayman, bu yaxshi. Bir necha oydan keyin nima bo'lishini ko'ramiz”, - deya Azar so'zlarini keltiradi Evrosports.
32 yoshli sobiq futbolchi 10 oktyabr kuni faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi. Belgiyalik so'nggi yillarda jarohatlar girdobida qolib ketgandi. U so'nggi mavsumda atigi 10 ta uchrashuvda ishtirok etgandi.



