Eden Azar: "Bu mavsum "Chelsi"ning xar bir o'yinchisi o'z saviyasini ko'rsata olmoqda"

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2017
Chelsi futbolchisi Eden Azar bosh murabbiy Antonio Kontening yangi sxemasi jamoaga yoqayotganligini aytib o'tdi.

"Bizda ajoyib o'yin sxemasi bor, jamoadoshlarim ham uni uddalay olishmoqda. Bu mavsum jamoamizdagi xar bir futbolchi o'zining yuqori saviyasini ko'rsata olmoqda, "Tottenxem" bilan o'yinni hisobga olmasak albatta. Bizga yangi o'yin uslubi yoqmoqda. "Shporlar"ga ikki yil oldin o'z maydonimizda 3:5 hisobida yutqazib qo'ygandik. Biroq, mavsumni chempion sifatida yakunlay olgandik. Umid qilamanki, bu mavsum ham shunday ssenariy bo'ladi. Oldimizda hali o'yinlar ko'p, lekin biz kurashga tayyormiz", - deydi belgiyalik futbolchi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com