

Angliyada "Manchester Siti" jamoasi Germaniyaning "Borussiya D" klubini qabul qilsa, Ispaniyada "Real" Angliyaning "Liverpul" jamoasini mehmon qiladi. UEFA rasmiy sayti bugungi ikki uchrashuv uchun taxminiy tarkiblarni e'lon qildi.
YCHL
Chorak final, dastlabki o'yinlar
06.04.2021, 23:55
"Real" - "Liverpul"
"Real": Tibo Kurtua; Nacho, Varan, Mendi; Vaskes, Modrich, Kazemiro, Kroos, Marselo; Benzema, Asensio.
O'ynamaydi: Ramos (oyoq mushaklari), Karvaxal (son orqa mushaklar), E.Azar (formasini tiklash jarayonida)
So'roq ostida: Valverde (mushaklar)
Kartochkasi borlar: Mendi, Valverde
"Liverpul": Alisson; Aleksander-Arnold, Fillips, Kabak, Robertson; Tyago Alkantara, Fabino, Veynaldum; Salah, Jota, Mane.
O'ynamaydi: Gomes (tizza), Xenderson (chov), Kellexer, Matip (to'piq), Origi (mushak), van Deyk (tizza)
Kartochkasi borlar: Xenderson, Milner, Veynaldum

"Manchester Siti" - "Borussiya D"
"Manchester Siti": Ederson; Uoker, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu; Rodri, Gyundogan; Sterling, Bernardu Silva, Foden; Kevin de Bryuyne.
Kartochkasi borlar: Fernandino, Joau Kanselu
"Borussiya D": Xitc; Jan, Akanji, Xummels, Gerreyru; Dileyni, Bellingem, Daud; T.Azar, Roys; Xoland
O'ynamaydi: Mukoko, Sancho (son), Shmelcer (tizza), Vitsel, Zagadu (tizza)
Kartochkasi borlar: Xoland




