YCHL. Neapolda "Chelsi"ning ikki muxlisi shifoxonaga yotqizildi, biriga pichoq bilan hujum qilingan bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
Chempionlar Ligasi doirasidagi "Napoli" va "Chelsi" o'rtasidagi bahs oldidan Italiyaning Neapol shahrida ko'ngilsiz voqea yuz berdi.

London klubining ikki nafar muxlisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

"Chelsi" matbuot xizmati voqea yuzasidan rasmiy bayonot berib, o'z muxlislarini Neapolda "o'ta ehtiyotkor bo'lishga" chaqirdi:

"Klub seshanba oqshomida Neapolda sodir bo'lgan voqeadan xabardor. Ikki nafar ishqibozimiz hayot uchun xavfli bo'lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Barcha muxlislarimizdan shaharda o'ta ehtiyotkor bo'lishni va berilgan tavsiyalarga amal qilishni so'raymiz".

Hozircha jarohat olish sabablari rasman ochiqlanmagan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda londonlik muxlislar mahalliy "ultras"lar tomonidan pichoq bilan tahdid bo'lgani va bir kishi pichoqlab ketilgani haqida xabar berishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neapol shahri mehmon muxlislar uchun doim xavfli hududlardan biri bo'lib kelgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian