YCHL. Lukas Peres - "Arsenal" safida xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2016
"Arsenal" Yevropa chempionlar ligasi 6-turida "Bazel" ustidan yirik hisobda g'alaba qozonmoqda.

Uchrashuvda londonliklar hujumchisi Lukas Peres uchta gol urib xet-trikka erishdi. Shu tariqa u "Arsenal" safida YCHL doirasida xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Klub safida bunday natija erishgan futbolchilar: Terri Anri, Niklas Bendter, Denni Uelbek, Olive Jiru va Mesut Ozil.

Lukas Peres bu musobaqada xet-trik qayd etgan ettinchi ispaniyalik futbolchi bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping