

Kecha, YCHL yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi va frankfurtliklarga “D” kvartetida “Tottenxem”, “Sporting” hamda “Marsel” raqiblik qilishi ma'lum bo'ldi. O'yinlar boshlanmay turib, “Ayntraxt” musobaqa rekordini o'rnatdi.
Gap shundaki, klub 62 yillik tanaffusdan so'ng, Chempionlar Ligasi asosiy raundida qatnashadi va bu musobaqadagi eng uzoq tanaffus hisoblanadi. “Burgutlar” 1959/60 yilgi mavsum turnirdagi oxirgi o'yinini finalda “Real”ga qarshi o'tkazib, 3:7 hisobida imkoniyatni boy bergan.



