YCHL. Bavariya Myunxenda Arsenalni sharmanda qildi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan Bavariya - Arsenal uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Myunxendagi bahsda hisobni Aren Robben chiroyli goli bilan ochdi. Taym o'rtasida Koselni ishlagan penaltini Aleksis Sanches amalga oshirdi. Noyer qaytargan to'pni Sanchesning o'zi darvozaga yo'lladi.

Ikkinchi taymda esa Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoani to'xtatib qolishning imkoni bo'lmadi. Lamning to'p uzatishini Levandovski gol bilan yakunladi. Oradan ko'p o'tmay Levaning pasidan keyin Tiago gol urdi. Tiagoning o'zi shu kuni dublga erishdi. Nihoyat zaxiradan maydonga tushgan Tomas Myuller bahsga katta nuqta qo'ydi - 5:1. "Bavariya" Londonga bormasdan turib chorak finalga deyarli chiqib bo'ldi.


Yevropa chempionlar ligasi
1/8 final
Birinchi o'yin

Bavariya Germaniya – Arsenal Angliya 5:1

Gollar: 1:0 – 11 Robben, 1:1 – 30 Sanches, 2:1 – 53 Levandovski, 3:1 – 56 Alkantara, 4:1 – 63 Alkantara, 5:1 – 88 Myuller.

Bavariya – Noyer, Martines, Xummels, Alaba, Lam, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara, Robben (Rafinya, 88), Duglas Kosta (Kimmix, 84), Levandovski (Myuller, 86).
Arsenal –   Ospina, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni (Gabriel, 49), Oksleyd-Chemberlen, Koklen (Jiru, 77), Ivobi (Uolkott, 66), Ozil, Sanches, Djaka.

Ogohlantirishlar
: Mustafi (15), Xummels (26), Sanches (33), Djaka (60), Lam (83).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia