YCHL. Akinfeev ketma-ket 34-uchrashuvda gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2016
Bayer hujumchisi Admir Mexmedi YCHL 1-turida SSKA bilan o'yinda hisobni ochdi (2:0, birinchi bo'lim).

Shunday qilib, Moskva klubi posboni Igor Akinfeev musobaqada ketma-ket 34-uchrashuvda ham gol o'tkazib o'z antirekordini yangiladi.

Eslatib o'tamiz, Akinfeev 17ta o'yinda gol o'tkazib bu antirekordni o'rnatgandi. PSV sobiq posboni Ronald Vaterres YCHLda ketma-ket 16ta o'yinda to'p o'tkazib yuborgan edi.

Akinfeevning antirekordi YCHL guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi o'yinlar uchun amal qiladi.

So'nggi bor Akinfeev 9 yil oldin Arsenal bilan safardagi o'yinda YCHL doirasidagi o'yinda gol o'tkazmagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe