YCHL, 5-tur. "C" guruhi. "Zenit" Pityerda "Benfika" bilan to'qnashadi, "Bayer" esa "Monako"ni mehmon qiladi

26 noya 2014, 15:14
Bugun Yevropa chempionlar ligasining "C" gurhida 5-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

"C" guruhining 5-tur uchrashuvlarini "Zenit" - "Benfika" o'yini boshlab beradi. Piterliklar "Benfika" bilan bo'lgan birinchi davra bellashuvida mehmonda ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan edi. Aynan shu g'alaba hozircha "Zenit"ning bu mavsumda chempionlar ligasidagi yagona g'alabasi bo'lib turibdi. Shundan so'ng o'tkazilgan uchta turdan buyon "Zenit" raqiblarini enga olmay kelmoqda. "Zenit" va "Benfika" hozirda bir xil to'rt ochkodan jamg'arib, guruhda 3-4 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Bu uchrashuvdagi g'alaba har ikkala jamoasi uchun ancha katta qiymatga ega bo'lishi aniq. Mag'lubiyatga uchraydigan jamoa esa deyarli keyingi pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotadi.  
Guruhdagi ikkinchi o'yin Leverkuzenda o'tkaziladi. Unda "Bayer" jamoasi o'z maydonida "Monako" klubini mehmon qiladi. Durang natijasi qayd etishni sevuvchi "Monako" jamoasi hozircha birgina g'alabani tantana qilgan. Ushbu yutuq aynan "Bayer" bilan Fransiyada kechgan o'yinda qo'lga kiritilgan edi. "Bayer" o'sha mag'lubiyat uchun ham bugun "Bay Arena"da "Monako"ni mag'lub etish yo'llarini qidirishi kutilmoqda.
"Bayer" agarda bugun "Monako" ustidan g'alaba qozonsa, unda "aspirinliklar" rasman pley-offga yo'llanma olishadi.


"C" guruhi.

"Zenit" - "Benfika" (22:00, "NTV PLYUS Futbol")

"Petrovskiy".

Bosh hakam
: Nikola Riccoli (Italiya)



"Bayer" - "Monako" (00:45, "NTV PLYUS Sport")

"Bay Arena".

Bosh hakam
: Paolo Talyavento (Italiya)


4-turdan keyingi holat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Bayer Leverkusen43017 - 349
2Monaco41211 - 105
3Zenit St. Petersburg41123 - 4-14
4Benfica41122 - 5-34


Manba: championat.asia