YCHL. 2021/22 yilgi mavsum to'purari va eng yaxshi assistenti bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
29 may 2022
Chempionlar Ligasining hisob bo'yicha 67-mavsum o'z nihoasiga etdi va unda “Real” 14-marotaba g'olib bo'ldi.

Madridliklar forvardi Karim Benzema 12 o'yinda 15 ta gol urib, to'purar bo'ldi. Shuningdek, uning hisobida 2 ta assist ham bor.

1. Benzema - 15 gol;

2. Levandovski - 13;

3. S.Alle - 11.

“Manchester Yunayted” musobaqa bilan ancha erta xayrlashganiga qaramay, “qizil iblislar” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh eng yaxshi assistent sifatida qayd etildi. U 6 o'yinda 7 ta pasni o'z hisobiga yozdirdi.

Keyingi o'rinlardan esa Leroy Sane (“Bavariya”, 6 ta) hamda final qahramonlaridan biriga aylangan Vinisius Junior (“Real”, 6 ta) o'rin egalladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia