Drogba va Trezege Avstraliyadagi xayriya uchrashuvida maydonga tushadi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2020
Drogba va yaqin o'tmish futbolining boshqa yulduzlari 23 may kuni Sidneyda o'tkaziladigan xayriya o'yinida ishtirok etadi.

To'plangan baracha mablag' Avstraliyadagi o'rmon yong'inlari ta’siriga qarshi kurashish uchun sarflanadi. Bu haqida "Goal" nashri xabar qildi. Mazkur bahsda, shuningdek, "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilari Duayt York va Pak Ji-Sun, "Liverpul" sobiq hujumchisi Emil Xeski va fransiyalik jahon chempioni David Trezege ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Avstraliyaning sharqiy sohillarini qamrab olgan o'rmon yong'inlari oqibatida 30dan ortiq inson va 1 milliarddan ortiq hayvonlar nobud bo'lib, 1000dan oshiq turar-joylar yo'q bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal