Shayxlar "Sent-Jeyms Park" stadionini rekonstrukciya qilish uchun 1 mlrd funt sarmoya kiritadi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2024, 19:31
2021 yilda "Nyukasl"ni sotib olgan Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi yaqin kelajakda klub infratuzilmasini yaxshilash uchun katta investiciya kiritishni rejalashtirmoqda.

"The Times"ning yozishicha, "Sent-Jeyms Park" stadionining hozirgi holati "Nyukasl"ning yangi egalarini qoniqtirmayapti. 

Shayxlar arenani to'liq rekonstrukciya qilib, sig'imini oshirishni rejalashtirgan. Ayni paytda "Sent-Jeyms Park" sig'imi 52 298 kishiga mo'ljallangan, ammo klub buni kamida 70 000 ga etkazmoqchi.

"Nyukasl" hozirda klubga 1 mlrd funtga tushadigan rekonstrukciya loyihasini ishlab chiqmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times