Drogba Mourinyo haqida: "Qanaqasiga mening "otam" irqchi bo'lishi mumkin?"

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2025
"Galatasaroy" klub sobiq hujumchisi Dide Drogba "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni qo'llab-quvvatlamoqda.

Hech kimga sir emas forvard va murabbiy o'z vaqtida "Chelsi"da birga ishlagan.

"Qadrdon, "Galatasaroy".

Sizlar klub libosini kiyganim va Turkiyaning eng sovrindor jamoasi sharafini qanday g'urur bilan himoya qilganimni yaxshi bilasiz! Bu erda raqobat naqadar olovli va ehtiroslarga boy bo'lishini hammamiz yaxshi bilamiz, tushunamiz.

Men Joze Mourinyo haqidagi izohlarni ko'rdim. Menga ishoning, men Jozeni 25 yildan buyon bilaman va u irqchi emas hamda avval bo'lgan va yaqinda sodir bo'lgan holatlar buni tasdiqlamoqda.

Keling, yaxshisi, "sherlar"imizning o'yinlariga e'tibor qaratamiz va chempionlikni qo'lga kiritish xaqida o'ylaymiz. Shu yo'l bilan biz beshinchi yulduzga yaqinlashamiz.

Qanaqasiga mening "otam" irqchi bo'lishi mumkin? Bas qiling, yigitlar".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: skysports.com