Drogba Mane tomonidan o'z rekordining yangilangani haqida: "Rekordlar yangilash uchun o'rnatiladi"

Оқил Абдубарноев
4 may 2022, 20:01
Kot-dIvuarlik sobiq hujumchisi Dide Drogba "Liverpul" hujumchisi Sadio Manening Chempionlar ligasidagi rekordini yangilaganiga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/2 finalining "Vilyarreal"ga qarshi javob uchrashuvida (3:2) Mane Yevropaning klublar o'rtasidagi asosiy turnirining pley-off bosqichidagi 15-golini urdi. Shu tariqa, 30 yoshli senegallik forvard turnirning ushbu bosqichida afrikalik futbolchilar orasida Drogbaning rekordini yangiladi.

“Men bundan faxrlanaman. Rekordlar yangilash uchun o'rnatiladi”, - dedi Drogba.

Ivuarlik sobiq futbolchi Manedan tashqari mersisaydliklar jamoasidagi sherigi Muhammad Salohni ham ta'kidlab, ikkala futbolchini ham hozirgi kundagi eng yaxshi afrikalik futbolchilar deb atadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Canal +