AS: Zidan yozda Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
17 noya 2025
Zinedin Zidan Dide Deshamning ketishi ortidan Fransiya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Manbaning xabar berishicha, 53 yoshli murabbiy bu lavozimni egallash uchun allaqachon kelishuvga erishgan va shu tufayli "Real" va "Fenerbaxche" kabi boshqa barcha takliflarni rad etgan.

Shuningdek, JCH-2026dan keyin yanvar oyida Fransiya termasidan ketishini e'lon qilgan 57 yoshli Desham ish bo'yicha Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar olib borayotgani takidlanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS