

Uchrashuvdagi hisobni mezbonlar hujumchisi Dragan Cheran ochdi.
Shu tariqa, legioner hujumchi bu mavsumda oliy ligada ketma-ket uchta o'yinda uchta gol urdi. Birinchi turda "Qo'qon-1912", ikkinchi turda esa "Buxoro" darvozasiga to'p kiritgandi.
Bundan tashqari, Cheran bu mavsumda uchta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi va to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi.
Ma'lumot uchun, "Nasaf"ning 3-turdan o'rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yini noma'lum muddatga qoldirilgan.




