

"O'yin qiyin bo'ldi. "Paxtakor"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bu esa o'z samarasini berdi deb o'ylayman. Muxlislarimizni yutuq bilan tabriklayman.
O'yindan oldin mana shunday natijani kutganmidim? Biz har bir o'yin oldidan g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
OCHLda imkoniyatimiz qolmagan bo'lsada kelasi hafta "Lahviya"ga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan o'yinda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - deya o'z fikrlarini yakunladi "Bunyodkor" futbolchisi.



