Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
20 iyul 2022
"Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov "sherlar" bilan kelishuvni uzaytirdi.

"Ijaradan qaytgan qanot yarim himoyachisi jamoamiz tarkibida 2024 yil oxirigacha qoladi.

Qatardagi faoliyatidan keyin "Paxtakor" ixtiyoriga qaytgan Hamdamov bilan klub o'rtasidagi shartnoma muddati uzaytirildi. Endilikda Doston 2024 yil oxirigacha "sherlar" tarkibida faoliyatini davom ettiradi. Hamdamov hozirga qadar jamoamiz safida 90 o'yinda 24 gol muallifi bo'lgan", - deyiladi kluba xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати