Dortmundda Yevropa ligasi saralash bahslariga muxlislar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatildi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2015
Germaniyada bo'lib o'tgan Dortmundning "Borussiya" va "Volfsberg" o'rtasidagi (5:0) uchrashuvida, Yevropa ligasi saralash bahslariga muxlislar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatildi, deb xabar beradi UEFA matbuot-xizmati.

O'yinni 65 190 kishi tomosha qildi.

Avvalgi rekord - "Shalke-04" va XIK o'rtasidagi o'yinda (2011/12) o'rnatilgan, o'sha uchrashuvga 52 034 kishi tashrif buyurgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com