

"Biz hech qayoqqa shoshilmayapmiz. Klub bilan yaxshi munosabatdamiz. Janluiji Parijda xursand, uning shartnomasi 2026 yilda tugaydi.
Yirik klublardan qiziqish borligi yaxshi. Ammo takidlamoqchimanki, qiziqqan tomonlar hech qanday harakat qilgani yo'q. Biz bu haqida o'ylamadik ham.
Agar yangi shartnoma imzolamasak, boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. Hozircha hech narsani istisno qilmaymiz", – dedi PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma vakili Enco Rayola Tuttosport'ga bergan intervyusida.



