Doniyor Hasanov "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2017
"Qo'qon-1912"ning Chirchiq shahridagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etmoqda. Uch nafar futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoa yig'iniga ketganligidan xabaringiz bor.

Qolgan futbolchilar No'mon Hasanov boshchiligida mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda. Serbiyalik Darko Gojkovich kechadan mashg'ulotlarga qo'shilgan. Filip Rayevac esa bugun tongda Toshkentga yetib keldi.

Muxlislarimiz uchun bir yangilik, Jaomamiz o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi. Toshkentning "Obod" jamoasi sardori Doniyorbek Hasanov 2-davrani "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. Doniyor Hasanov asosan maydon markazida xarakat qiluvchi futbolchi xisoblanadi. "Obod" jamoasining "motori" xisoblangan  Doniyor Hasanov o'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlis va mutaxasislarning nazariga tushib ulgurgan. Biz Doniyor Hasanovga jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishini tilab qolamiz.  

Jamoa o'zining navbatdagi nazorat o'yininini 21-iyul kuni Toshkentda "Neftchi" jamoasiga qarshi o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz