Doku "Liverpul" bilan o'yinda APL rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:2) rekord o'rnatdi.

Belgiyalik futbolchi raqiblarini dribling evaziga 15 marta (20 urinishdan) aldab o'tdi – bu joriy mavsum Angliya Premer-ligasidagi rekord ko'rsatkich. Avvalgi rekordchi "Lester" a'zosi Issaxaku Fatavu edi, u noyabr oyida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabada 12 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirgan.

Jeremi Doku ushbu mavsum APLda 17 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News