Diyor Imomxo'jaev: "Bunyodkor" stadionidagi muammolarga O'FAning aloqasi yo'q"

Narzulla Saydullayev
15 avg 2018, 13:53
Biroz oldin saytimizda "Bunyodkor"da suv va elektr energiyasi noma'lum muddatga o'chirildi, maysalar quriy boshlayapti" nomli xabar chop etildi.

Ushbu xabarga PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev munosabat bildirdi. 

"Bunyodkor" stadionida svet yo'q, gaz yo'q, suv yo'q. Maysalarni sug'orishga ham, tarbiyalanuvchilarga ovqat qilishga ham, futbolchilarning yuvinishiga ham.

Chunki "Bunyodkor" stadionining qarzlari bor. Majburiy ijro byurosi qarzdorlik masalasi ijobiy hal bo'lishini istaydi va bu yo'lda o'z principi bo'yicha ish ko'radi.

Ayrim hamkasblarimiz bu mavzuga O'FA nomini ham tirkab ketishdi. Aytib o'taman, stadionni ham, klubni ham moliyalashtiradigan tashkilot bor. To'g'ri, hozir o'sha tashkilotga ham oson emas. Futboldan boshqa ham etarlicha tashvishi bor. Shunchaki qarzdorlik va "Bunyodkor" keyingi uchrashuvni qaysi stadionda o'tkazishi borasidagi masala O'FAga tegishli emas. Shuni aytmoqchi edim", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia